FARMATSEVTIKA SOHASI MUTAXASSISI

Dorixonalar uchun markirovka — oddiy tilda

Raqamli markirovka, xatlov, soliq kabineti va ASL BELGISI boʻyicha qisqa, tushunarli qoʻllanmalar. Dorixona egalari, xodimlari va xaridorlar uchun.

Men haqimda

Assalomu alaykum! Men Ravshanbek Gapparov, farmatsevtika sohasida ishlayman.

Dorixonalarda raqamli markirovka joriy qilinganidan beri koʻp savol tugʻilyapti: kodni qanday skanerlash, soliq kabinetida nimani bosish, xatlovni qanday oʻtkazish. Shu savollarga Instagram va YouTube’da qisqa videolar bilan javob beraman.

Har bir maslahat rasmiy manbalarga — qonun hujjatlari va ASL BELGISI materiallariga asoslanadi.

Raqamli markirovkaDataMatrix kodlar, agregatsiya, sotuvda skanerlash
Soliq kabinetimy3.soliq.uz va SOLIQ ilovasida ishlash
XatlovMarkirovkali dori qoldiqlarini xatlovdan oʻtkazish

Foydali qoʻllanmalar

Eng koʻp soʻraladigan uch mavzu boʻyicha qisqa yoʻriqnoma.

DORIXONALAR UCHUN

Markirovkali dorilar xatlovi

  1. my3.soliq.uz → Xizmatlar → Raqamli markirovka → «Xatlov yaratish». Ombor va xodimlar PINFLini kiriting.
  2. SOLIQ ilovasida har bir qadoqdagi DataMatrix kodni skanerlang.
  3. Hammasi skanerlangach «Tugatish»ni bir marta bosing.
  4. Kabinetda natijani tasdiqlang.

Oʻtkazmasangiz: kodlar hisobdan chiqariladi, ASL BELGISI’dagi qoldiq nolga tushadi. Manba: PF-35-son Farmon, ASL BELGISI maʼlumot markazi.

XARIDORLAR UCHUN

Dori asl ekanini tekshirish

  1. ASL BELGISI ilovasini yuklang (App Store’da «Asl Scanner»).
  2. Qutidagi kvadrat kodni skanerlang.
  3. «Mahsulot tekshirildi» chiqsa — hammasi joyida.

Olmang: kod topilmasa, mahsulot sotilgan, muddati oʻtgan yoki shubhali deb chiqsa. Manba: crpt-turon.uz.

ASOSIY TUSHUNCHA

Raqamli markirovka nima?

  • Har bir qadoqqa noyob DataMatrix kod qoʻyiladi.
  • Kodni ishlab chiqaruvchi yoki importyor qoʻyadi.
  • Zavoddan xaridorgacha har bir bosqich tizimda kuzatiladi.
  • Markirovkasiz mahsulot noqonuniy (kontrafakt) hisoblanadi.

Batafsil — YouTube kanaldagi «Dorixonada raqamli markirovka» videosida.

Videolar va yangiliklar

Yangi qoʻllanmalar avval shu yerda chiqadi. Obuna boʻling va savollaringizni izohda yozing.

Bogʻlanish

Markirovka, xatlov yoki hamkorlik boʻyicha savolingiz boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling yoki yozing.

Savol qoldirish

Shaklni toʻldiring — savolingiz toʻgʻridan-toʻgʻri menga keladi, telefon orqali javob beraman.